Zokirov Saidazim haqida

Men Zakirov Saidazim. 1984-yilda Toshkentda tug‘ilganman. Yoshlikdan dizayn, yangilik va noodatiy g‘oyalarga qiziqaman. 2003-yildan beri suv havzalari, hovuz va sauna loyihalari bilan shug‘ullanaman.

22 yillik tajribamiz davomida 200 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganmiz. Bugungi kunda faqat O‘zbekistonda emas, balki Dubay, Turkiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va hatto Yevropa davlatlarida ham mijozlarimiz bor. Har bir buyurtmani alohida yondashuv bilan bajarib, sifat va ishonchni birinchi o‘ringa qo‘yamiz.

Modern Residence
Modern Residence
Modern Residence

Nimalar biz uchun muhim

Biz sauna, hovuz, SPA va Turkish Hammam loyihalarini yaratishda nafaqat quramiz — biz dam olish madaniyatini, sifatni va ishonchni taqdim etamiz. Har bir mijoz uchun alohida yondashuv, har bir loyiha uchun mukammallik tamoyili – bu bizning asosimizdir.

Green Fields

Sifat va tafsilotlarga e’tibor

Biz uchun har bir detal muhim. Har bir g‘isht, har bir plitka va har bir texnik yechim – bu sizning qulayligingiz va uzoq yillik xizmat kafolati.

Dam olish va sog'liqni birlashtiring

Qurayotgan hammom va SPA zonalarimiz shunchaki go‘zal emas – ular inson salomatligi va ruhiy tinchlikni ta’minlovchi joyga aylanadi.

Zamonaviylik va an’ana uyg‘unligi

Biz zamonaviy texnika va Sharqona hashamatni uyg‘unlashtiramiz. Turkish hammomi bezaklari, havoni boshqarish tizimi va energiya tejovchi uskunalar — barchasi sizga mukammal xizmat uchun.

Tajriba va xalqaro yondashuv

200 dan ortiq muvaffaqiyatli loyiha, Dubaydan Yevropagacha bo‘lgan mijozlar ishonchi — bu bizning eng katta boyligimiz. Har bir yangi loyiha — bu biz uchun navbatdagi ishonchni oqlash imkoniyati.