Hayotingiz uchun yaratilgan eksklyuziv spa va hammomlar
Spa, sauna va hammom qurilishida 22 yillik professional yondashuv.
Biz qurayotgan har bir sauna — bu mustahkamlik, qulaylik va yillar davomida ishonchli xizmatning kafolati.
+
Yillik tajriba
+
Loyihalar
%
Muvaffaqiyatli loyihalar
Bizning xizmatlar
Ishimizni qanday boshqaramiz?
Biz mijozlarimiz uchun zamonaviy va estetik jihatdan mukammal Turetskiy hammomlar, saunalar hamda spa zonalarini yaratishga ixtisoslashgan mutaxassislar jamoasimiz. Kompaniyamiz mijoz ehtiyojlari va orzulariga mos, funksional va chiroyli loyihalarni ishlab chiqadi. Biz konsepsiyadan tortib, qurilish nazoratigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda faol ishtirok etamiz. Loyihalarning har bir detali mijoz istaklariga asoslanadi va sifatli amalga oshiriladi.
1
Dastlabki konsepsiya
Loyihaning umumiy g‘oyasi, uslubi va funksiyasi belgilanadi. Turetskiy hammom, sauna yoki spa zonaning joylashuvi, o‘lchami va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari aniqlanadi.
2
Dizayn va vizual yechimlar
Ichki va tashqi dizayn detallarini ishlab chiqamiz. Issiqlik zonalari, bug‘ xonasi, dam olish joylari kabi muhim elementlar tasvirlanadi va 3D formatda namoyish etiladi.
3
Qurilish hujjatlari
Qurilish uchun kerakli chizmalar, narxlar ro‘yxati va boshqa hujjatlar tayyorlanadi. Ular asosida qanday materiallar ishlatilishi va qanday qilib qurilishi aniq ko‘rsatiladi.
4
Qurilish va nazorat
Qurilish jarayonining barcha bosqichlari bizning mutaxassislarimiz tomonidan nazorat qilinadi. Natijada mijozlar sifatli va mukammal yakunlangan hammom, sauna yoki spa loyihasiga ega bo‘ladi.





